Sherzod Shermatov: «Men gazetaning dushmani emasman»

O‘zbekiston 13:10 / 19.04.2019 13383

Ta'lim tizimida qanday ishlar olib borilayotgani hamda bu yilgi obuna mavsumida turli mish-mishlarga sabab bo‘lgan «majburiy obuna» masalasiga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Sitora Tojiddinova O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov bilan suhbatlashdi

«Men gazeta o‘qiyman. Nafaqat gazeta, balki barcha ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzataman. Gazetalar zo‘r bo‘lsin, xalq o‘qisin. Meni gazetaning dushmaniga chiqarish kerak emas.

Lekin birorta davriy bosma nashrda marketing bo‘yicha mutaxassis yoki iqtisodiy rivojlanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis yo‘q. Bir bosh muharrirga gazeta maktablarga vaqtida yetib bormayotganini aytdim. U buni esa pochtaning aybi ekanini bildirdi. Mayli, pochta aybdordir. Biroq bu bilan uning ishi yurishib qolmaydi-ku», - dedi u.

«Bir gapni yana ta'kidlashni istayman, men majburiy degan narsaga qarshi bo‘ldim. Gazetaga, ixtiyoriy obunaga emas. Shu narsada sal tushunmovchilik bo‘lyapti. Mana, o‘qituvchini majburiy mehnatdan, majburiy obunadan, majburan qandaydir homiyliklar qilishdan xalos qildik. Lekin gazeta o‘qimasin, demadik. Misol uchun, mening cho‘ntagimda ma'lum miqdorda pulim bor. Unga xohlasam, suv olib ichaman, xohlasam bolalarimga nimadir xarid qilaman, xohlasam, gazetaga obuna bo‘laman. Ya'ni o‘qituvchi o‘z pulini o‘zi istaganicha ishlatsin. Men bunday holatda qanday qilib uni cheklashim mumkin. Yana takror aytaman: men gazetaning dushmani emasman», - deya ma'lum qilgan Shermatov. 

Ko‘proq yangiliklar: