O‘zbekistonda alimentchi ona farzandlari uchun 16 mln so‘mdan ortiq pul to‘ladi 

Jamiyat 12:59 / 19.04.2019 15094

O‘zbekistonda alimentchi ona farzandlari uchun 16 mln so‘mdan ortiq pul to‘ladi, deb xabar bermoqda MIB.

N.T. 3 nafar farzandning onasi. Oiladagi kelishmovchiliklar sabab 2017 yilda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. So‘ng ishlash uchun Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketgan.

Shu yili fuqarolik ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanlararo sudi tomonidan qarzdor onadan undiruvchi sobiq turmush o‘rtog‘i O‘.M.ning foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun ikkidan bir qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarildi va uni ijro qilish uchun Majburiy ijro byurosining Yakkabog‘ tuman bo‘limiga yuborildi.

Shundan so‘ng, joriy yilning 15 aprel kuni Majburiy ijro byurosi xodimlarining harakatlari natijasida, qarzdor onadan (15.04.2017 yildan - 2019 yilning shu davriga qadar) jami 16 mln so‘m aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi. 

Pullar undirilgach, ikki taraf o‘zaro kelishdi va ijro hujjati tamomlandi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: