Namanganda «Hyundai» zavodi poydevoriga vaqt kapsulasi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 21:12 / 19.04.2019 20916

19 aprel kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Hyundai Motor Uz Namangan” qo‘shma korxonasi zavodi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlab vaqt kapsulasi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Namanganskaya pravda» xabar bermoqda.

Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev, “Evergreen Motors Group” kompaniyasi prezidenti Chang Keon Kim, “Hyundai Motor Company” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Choy Don Xo va boshqalar ishtirok etdi.

Foto: nampravda.uz

Qisqa nutqdan so‘ng Xayrullo Bozarov va Chang Keon Kim loyihani amalga oshirish ramziy tugmasini bosishdi. Kapsula shisha quvur orqali beton o‘raga tushdi.

Foto: nampravda.uz

Eslatib o‘tamiz, «Hyundai» tijorat avtomobillari ishlab chiqarish yangi zavodi qurilish loyihasi boshlanishiga bag‘ishlangan tamal toshi qo‘yish marosimi 2018 yil kuzda bo‘lib o‘tgandi. Bu boradagi dastlabki qadam O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil noyabrda Janubiy Koreyaga tashrifi davomida qo‘yilgan, O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida memorandum imzolangandi. 

«Hyundai-Namangan KD» zavodi tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradi. Dastlabki mashinalar 2019 yil sentyabrda konveyerdan chiqadi. Dastlabki bosqichda oyiga 400ga yaqin yuk mashinasi, mikroavtobus va avtobus ishlab chiqarish, kelgusida ishlab chiqarish hajmini 4 mingtagacha yetkazish mo‘ljallangan.  

Ko‘proq yangiliklar: