Jizzaxda o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladi 

Iqtisodiyot 08:17 / 19.04.2019 6714

17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi binosida Agentlik rahbariyatining “KISS GROUP” (Vengriya) kompaniyalari guruhi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda LBMA axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv doirasida Jizzax viloyatini ilg‘or mintaqaga aylantirishni nazarda tutuvchi, shu jumladan, investitsiyalarni faol jalb etish va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi “Ilg‘or hudud” pilot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Agentlikning amalga oshirilayotgan ishlari muhokama qilindi.

Xususan, Vengriya tomoni bilan Jizzax viloyatida o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga oid dastlabki kelishuvga erishildi (yiliga 100 ming tonna yog‘ ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurilishi). Mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yo‘naltirilishi rejalashtirilyapti.

Shu kuni manfaatdor vazirliklar va idoralarning taklif etilgan vakillari bilan ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi; unda zavodni qurish uchun hududni tanlash, zavodni zarur xomashyo bilan ta'minlash uchun Jizzax viloyatida kungaboqar va boshqa yog‘li urug‘larni yetishtirish imkoniyatlari, shuningdek, urug‘ yetishtirishni muvofiqlashtiruvchi tashkilotni tanlash yoki tashkil etish masalalari muhokama qilindi (masalan, integrator tashkilot).

Bundan tashqari, o‘simlik yog‘lari va mol yemi sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan urug‘lardan olingan qo‘shimcha mahsulotlarini (ikkinchi darajali) sotish uchun qulay savdo nuqtalarning va hosil uchun omborxonalar mavjudligi yoki ularni yaratish masalalari muhokama etildi.

Urug‘larni (hosilni) yig‘ish va ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘ini iste'molchilarga yetkazish uchun logistika tarmog‘ini yaratish kabi muhim masala ham muhokama etildi.

Ko‘proq yangiliklar: