Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida yangi DUK tashkil qilinadi

Sport 10:54 / 19.04.2019 5123

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida “Sport obektlari infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha Injiniring kompaniyasi” Davlat unitar korxonasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida “Sport obektlari infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha Injiniring kompaniya” Davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Injiniring kompaniyasining ta'sischisi hisoblanadi.

Injiniring kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalar obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash loyihalari amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajarish yuklatiladi.

Injiniring kompaniyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi inshootlarni, shu jumladan sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, shuningdek mebel, jihozlar hamda texnika vositalari bilan ta'minlash;

sport inshootlari qurilishida belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlarni tanlash, pudrat shartnomalarini tuzish, qurilish-tiklash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

sport inshootlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishi bo‘yicha prognoz rejalari bajarilishi ijrosini ta'minlash;
loyiha yechimlarini samaradorligini, shaharsozlik va arxitektura talablariga mos kelishini ta'minlash;

sohaga ajratilgan kapital qo‘yilmalardan samarali foydalanishni ta'minlash va loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish.

Quyidagilar Injiniring kompaniyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq sport inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlari manzilli dasturda ko‘zda tutilgan kapital qo‘yilmalar limitlari qiymatidan ajratmalar;

xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;

xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari;

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan ta'qiqlanmagan boshqa manbalar.

Ko‘proq yangiliklar: