Jamiyat | 09:00 / 19.04.2019
6323
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Grand Pharm Trade»: har bir mijozimiz xayrli ijtimoiy loyiha ishtirokchisi

Hozirda jamiyatimizning har bir sohasida aholi turmush tarzini yaxshilashga yo‘naltirilgan global yangilanishlar sodir bo‘lmoqda.

Respublika rahbariyati tomonidan xususiy tadbirkorlik vakillarini qo‘llab-quvvatlash uchun alohida e'tibor qaratilmoqda, biznes va uning rivoji uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Yaratilgan imkoniyatlarga muvofiq, «Grand Pharm Trade» kompaniyasi Maktabgacha ta'lim vazirligi ko‘magi ostida yurtimizdagi aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bog‘chasidan birining sharoitlarini yaxshilashda o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan №369 sonli ixtisoslashgan «Nurli Kelajak» maktabgacha ta'lim muassasasining qayta ta'mirlash ishlari 2018 yil sentabr oyida boshlanib, joriy yilning aprelida o‘z nihoyasiga yetdi. 15 aprel kuni esa maxsus e'tiborga muhtoj bolalar uchun bog‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kapital ta'mirlash ishlaridan so‘ng belgilangan obekt hududi butunlay o‘zgardi va yangi qiyofaga ega bo‘ldi (FOTO)

Muassasa hududi ko‘kalamzorlashtirildi, yondosh va ichki hududga asfalt yotqizildi. Bino esa to‘liq ta'mirlandi va bolalar maydonchalari hamda o‘rindiqlar o‘rnatildi. Barcha isitish tizimlari yangilandi va Yevropaning eng zamonaviy energiya tejovchi qurilmasi o‘rnatilgan avtonom qozonxona ishga tushirildi.

Shuningdek, barcha mebellar, yotoqxona jihozlari va oshxona buyumlari yangilandi. Binoning birinchi qavatidagi barcha xonalar ruhiy rivojlanishi kechikkan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda aqlni charxlaydigan zamonaviy o‘yinchoqlar joylashtirildi. Ular bolalarning rivojlanishidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.

Qurilishda bolalar uchun xavfsiz bo‘lgan ekologik toza materiallardan foydalanildi. Maktabgacha ta'lim muassasasi 280tagacha bolalarni qabul qilishi mumkin. Mazkur bog‘chada pedagog ruhshunos, davolash jarayonlari bo‘yicha maxsus tarbiyachilardan tortib tibbiyot xodimlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Bolalarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida barcha hududda va har bir xona ichida zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Shuni qayd etish lozimki, «Grand Pharm Trade» kompaniyasining  «Grand Pharm» va «Best Pharm» dorixona tarmoqlaridan bir bora bo‘lsa ham dori vositalarini xarid qilgan har bir mijoz o‘zini mazkur ijtimoiy loyihaning to‘laqonli ishtirokchisi deb hisoblashi mumkin.

Agarda kimdir ijtimoiy loyihalarimizning qatnashchisiga aylanishni istasa, bizning dorixona tarmoqlarimizni tanlashi, shu bilan birga eng yaxshi va hamyonbop dori vositalarini sotib olishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid