Fransiyada Abu Ali ibn Sino haykali ochildi 

O‘zbekiston 20:04 / 19.04.2019 12895

Buxoro viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Fransiyaga tashrifi doirasida Ryuey Malmezon shahrida Abu Ali Ibn Sino haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

16-18 aprel kunlari Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyada bo‘ldi. 

Foto: O‘zA

Tashrif dasturi doirasida ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazildi, «IFP Energies nouvelles» rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi hamda "Do‘stlik" (Parc de l'Amitié ) xiyobonida Abu Ali ibn Sino haykalining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Nazvaniye

Shuningdek, Buxoro va Ryuey Malmezon shaharlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalarining 20 yilligiga bag‘ishlab tabiiy ipak kolleksiyasi namoyishi, "Buxoro" fotoko‘rgazmasi, konsert dasturi hamda milliy oshxona taqdimoti tashkillashtirildi. 

Bundan tashqari, Parij shahrida Bukhara Brilliant Silk savdo vakolatxonasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, uzoq kutilgan Hamkorlik memorandumini imzolandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: