“Bir kamar, bir yo‘l” ikkinchi forumida 37 davlat yetakchisi ishtirok etadi

Jahon 20:20 / 19.04.2019 8349

Ikkinchi marotaba o‘tkaziladigan “Bir kamar, bir yo‘l” forumida 37 ta davlat prezidentlari va bosh vazirlari ishtirok etadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I matbuot anjumanda ma'lum qildi.  

“Ikkinchi “Bir kamar, bir yo‘l” forumi Pekinda 25-27 aprelda bo‘lib o‘tadi va joriy yilda Xitoydagi bosh xalqaro tadbir bo‘ladi. Uning ishida 37 ta davlat yetakchisi ishtirok etadi”, deb aytgan Van I.

Uning ta'kidlashicha, forumda Xalqaro valuta jamg‘armasining taqsimlovchi direktori Kristin Lagard va BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ham ishtirok etadi.

Van Ining ma'lum qilishicha, forum dasturi turli tadbirlarga ancha boy bo‘ladi. 25 aprelda 12 ta tematik forum va anjuman, 26 aprelda tantanali ochilish marosimi, 27 aprelda umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Barcha tadbirlarga Xitoy yetakchisi Si Tszinpin raislik qiladi.

Bundan tashqari, Si Tszinpin rafiqasi Pen Liyuan bilan birga mehmonlar uchun tantanali banket tashkillashtiradi.

Birinchi forum Pekinda 2017 yil mayida bo‘lib o‘tgandi. Unda 29 ta davlat yetakchisi ishtirok etgan.

“Bir kamar, bir yo‘l” konsepsiyasi Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 dan ko‘proq davlatini bog‘lovchi savdo-transport yo‘laklarini tashkil etish va mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tashabbusi bo‘lib, ushbu davlatlar va Xitoy o‘rtasida savdo munosabatlarini rivojlantirishda ko‘mak berishga chorlangan.

Ko‘proq yangiliklar: