Belarusdagi AES qurilishi rejadagidan arzonroqqa tushishi ma'lum qilindi

O‘zbekiston 18:03 / 19.04.2019 5391

Belarusdagi atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi qiymati rejalashtirilganidek 10 milliard AQSh dollarini, 7 milliard dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. “TASS” agentligi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘z xalqi va parlamentiga qilgan murojaatiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

“Biz 10 milliard dollarga kelishgan edik, real qiymat esa, hoynahoy, 7 milliard dollardan kamroq bo‘ladi”, - dedi Lukashenko.

Aleksandr Lukashenko AES qiymatining pasayishiga “qat'iy nazorat” natijasida erishilganini ta'kidladi. “Biz har bir qismni davlat nazoratiga qo‘ydik”, - dedi Lukashenko. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirishga ko‘p sonli mahalliy mutaxassislarning jalb qilinishi ham AES qurilishi qiymati pasayishiga olib kelgan.

Shuningdek, Belarus prezidenti kuni kelib mamlakatda ikkinchi AES qurilishi masalasi ham yuzaga kelishi mumkinligini istisno qilmadi. “Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa, kelgusida yangi jamiyat uchun yana bir atom stansiyasini qurishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun joy ham tanlab bo‘lingan”, - dedi Lukashenko. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Belarus tabiiy gaz, neft va boshqa uglevodorodlarga tobe'likdan voz kechishi va elektr energiyasiga o‘tishi kerak.

Belarusdagi birinchi atom stansiyasi Grodnenskiy viloyati Ostrovets shahri yaqinida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida qurilmoqda. Bosh pudratchi – “Rosatom” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi "Atomstroyeksport". AES 2,4 MVt quvvatli ikki energoblokdan iborat bo‘ladi. Birinchi energoblokni – 2019 yilda, ikkinchisini esa 2020 yilda ekspluatatsiyaga kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, bundan avval Kun.uz’da O‘zbekiston «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan atom elektr stansiyasi qurilishiga doir shartnomani 2019 yil oxiriga qadar imzolashi haqida ma'lum qilingan.

Yaqinda Sochida bo‘lib o‘tgan Atomexpo 2019 xalqaro forumi doirasida “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov «hozirda davom etayotgan shartnoma muzokaralar natijalariga bog‘liqligi sababli» AES qurilishining taxminiy qiymatini oshkor qilmadi. U shuningdek, AES quriladigan salohiyatli maydon bir oy ichida aniq bo‘lishini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: