Ukrainada FXXni terrorchi tashkilot deb tan olish taklif qilindi

Jahon 16:49 / 18.04.2019 11731

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Bosh shtab bosh boshqarmasi terrorchi tashkilotlar deb tan olinishi lozim, dedi Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov.

"FXX va Bosh shtab bosh boshqarmasi terrorchi tashkilotlar, Rossiya esa dunyoga terrorizm tarqatuvchi davlat deb tan olinishi lozim",- deya Turchinovdan iqtibos keltiriladi Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi matbuot xizmati tomonidan.

Uning aytishicha, yaqinda Ukraina xavfsizlik xizmati va bosh prokuraturasi o‘tkazgan brifingda Rossiya "Ukraina hududida teraktlar tashkil etishda" ishtirok etayotganligi ma'lum qilingan.

"To‘plangan dalillarga ko‘ra, Ukraina hududida terror va qo‘poruvchilik tashkil etilishi uchun Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov, FXX kontrrazvedka operatsiyalari departamenti boshlig‘i Dmitriy Minayev, bosh shtab bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov javobgardir", - deb ta'kidlagan Turchinov.

Ko‘proq yangiliklar: