Sudanda hokimiyatdan chetlatilgan prezidentning ukalari hibsga olindi 

Jahon 12:19 / 18.04.2019 7130

Harbiy to‘ntaruv natijasida hokimiyatdan chetlatilgan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirning ukalari Abdulloh va Abbos korrupsiya ayblovi bilan hibsga olindi. Bu haqda harbiy kengash vakili Shamsiddin al-Kubashi Ibrohim ma'lum qilgan.  

Ibrohimning ta'kidlashicha, Sudanda al-Bashir tuzumi bilan bog‘liq shaxslarning hibsga olinishi davom etmoqda va ushbu hibsga olishlar birinchi navbatda korrupsiyada gumon qilingan shaxslarga taalluqli bo‘ladi.

11 aprelda Sudanda bir necha oylik norozilik namoyishlaridan keyin prezident Umar al-Bashir harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgandi. U hibsga olinib, 16 aprelda uy qamog‘idan poytaxt Xartumdagi turmaga o‘tkazilgan. Ayni vaqtda mamlakatni harbiy kengash boshqarmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: