Shimoliy Koreyada yangi taktik qurol sinovdan o‘tkazildi 

Jahon 08:28 / 18.04.2019 13617

Shimoliy Koreya yangi taktik boshqariluvchi qurolni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, sinovni bevosita poligonda kuzatgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In “qurollanish tizimlarini ishlab chiqishni yakunlash xalq armiyasi harbiy qudratini oshirishda muhim ahamiyatga ega voqea hisoblanishini” ta'kidlab o‘tgan. 

Ma'lum qilinishicha, sinov qurolning ko‘rsatkichlarini tekshirishga imkon bergan. Shuningdek, yangi qurol “o‘zgacha parvoz usuliga egaligi”, “kuchli jangovar kallak bilan jihozlangani” ta'kidlab o‘tilgan.

Ushbu sinov Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning Vetnamdagi ikkinchi sammitidan keyin Shimoliy Koreya o‘tkazgan birinchi sinov bo‘ldi.

Oq uy vakili ushbu ma'lumotga izoh berib, “Bizga bu haqda ma'lum, qolgani izohsiz”, deb javob qilgan.

17 aprelda Koreya markaziy telegraf agentligi Kim Chen In Shimoliy Koreya havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazganini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: