Sakura - olxo‘rimi yoki olcha, yaponlar hosilni qachon yig‘ib olishadi?

Light 13:02 / 18.04.2019 8438

Yaponiya va Xitoyda sakura gullaganida butun dunyo bu mamlakatlarda olingan suratlardan zavq oladi. Bu yerdagi birorta bog‘ni ushbu  daraxsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sayyohlar mo‘jizani tomosha qilish, professional fotograflar esa eng yaxshi kadrlarni olish uchun mazkur mamlakatlarga sayohatni ataylab bahor oylariga rejalashtirishadi. Bu kabi go‘zal manzarani ko‘rganda tasavvuringizda daraxtning yozdagi hosili gavdalanadi. Biroq bu daraxt o‘zi nima: olchami, balki olxo‘ridir? Nima uchun hosil yig‘ib olinishi haqidagi xabarlarni eshitmaymiz? Axir bu kabi qiyg‘os gullagan daraxtda mevalar ham pishishi kerak-ku.

Aslida sakura bir turdagi muayyan o‘simlik emas, erta gullaydigan butalar va olxo‘ridoshlar oilasiga mansub, baland o‘smaydigan daraxtlar guruhidir. Misol uchun Tokiodagi Sindzyuku-gyoen bog‘ida sakuraning 75 ta turidan to‘plangan. Bu butalar bahorning boshida gullaydi, u sehrli bulutni yodga soladi. Sakura oq rangdan tortib, och pushti rangda gullaydi. Biroq sakura deyilganida ko‘pincha olcha daraxti tushuniladi. Yovvoyi holatda bu beozor daraxt Yapon arxipelagi, shuningdek materikda – Xitoy hamda Koreya yarimorolida uchraydi. Yoqimli iqlim sharoitlarida bu olcha daraxt o‘lchamlarigacha, 20 metrdan ortiq balandlikkacha o‘sadi. Biroq dekorativ maqsadlarda foydalaniladigan turlariga doimiy ravishda shakl berib turiladi.

Hozirgi kunda bu o‘simlik kultivatsiya qilinadi va uni istalgan xitoy va yapon bog‘larida uchratish mumkin. Yaponiyada gullagan sakurani tomosha qilish an'anasini anglatuvchi alohida so‘z ham mavjud. Bu an'ana yo‘qolmaydi – mamlakatdagi millionlab yaponlar shahar ko‘chalari va bog‘larga chiqib, tabiatning ushbu mo‘jizasidan bahra olishadi.

Bundan tashqari, mamlakatning har bir aholisi sakura gullashini tomosha qilishini oldindan rejalashtirishi uchun Yaponiyada meteorologik xizmat tomonidan turli prefekturalarda sakuraning gullash muddatlari prognozi beriladi. Biroq eng hayratlanarli jihati asosiy meteorologik postlar yonida albatta sakura daraxti o‘sadi, unga qarab iqlimshunoslar gullashning prognoz xaritalarini tuzishadi.

Ammo sakuraning ko‘plab turlari, jumladan keng tarqalgan mayda olcha ham yeb bo‘lmaydigan mevalarga ega, uning katta qismi danakdan iborat. Aynan shu sababli sakura mevalari asosan qushlar tomonidan iste'mol qilinadi, odamlar esa uning maftunkor gullash jarayonidan bahra olishadi.

Ko‘proq yangiliklar: