Qashqadaryodagi hovlida chaqnash yuz berdi. 11 yoshli bola kuyish jarohati oldi

Jamiyat 16:56 / 18.04.2019 6802

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 14 aprel kuni soat 17.20larda Guliston mahallasida yashovchi 11 yoshli 4-sinf o‘quvchisi S.N. uyi hovlisida o‘choqqa yelim idishda bo‘lgan gaz kondensatini sepgan vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada S.N. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Hurmatli fuqarolar yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanayotganingizda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Shu bilan birga, yoqilg‘i mahsulotlaridan yosh bolalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymang”, - deyiladi IIV xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: