Qashqadaryoda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotgan ona ushlandi

Jamiyat 10:25 / 18.04.2019 13524

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Shahrisabz shahar, “Ipak-yo‘li” M.F.Y.da yashovchi fuqaro N.Q. 2019 yil 8 aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandi I.B.ni fuqaro J.R.ga 10,0 mln. so‘mga sotib, o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: