Prezident qarori loyihasi: «O‘zmaxsusmontajqurilish» AJ tugatiladi

O‘zbekiston 16:53 / 18.04.2019 6594

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Umumqurilish va maxsus montaj qurilish tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, qurilish sohasidagi islohotlar, uni boshqarish va muvofiqlashtirish mexanizmi yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli umumqurilish va montaj maxsus qurilish tashkilotlari va ulardagi malakali mutaxassislar sonida o‘sish  kuzatilmayapti.

Jumladan, hal etilishi lozim bo‘lgan quyidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi kerak:

birinchidan, mavjud umumqurilish va ayniqsa maxsus montaj qurilish tashkilotlari salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmagan;

ikkinchidan, qurilish sohasini boshqarish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunchilik va me'yoriy shaharsozlik hujjatlarining yagona tartibi ishlab chiqilmagan. Jumladan, umumqurilish va montaj maxsus qurilish ishlarini ularning turlari va yo‘nalishlari kesimida bajarilishini muvofiqlashtiruvchi me'yoriy hujjatlarning mavjud emasligi bu ishlarni kasbiy darajada va sifatli bajarilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda;

uchinchidan, qurilish tashkilotlarini, ayniqsa maxsus montaj qurilish tashkilotlarini doimiy ravishda ish bilan ta'minlash, ularning moddiy-texnika bazasini yangilash, tashqi bozorga chiqish uchun sharoitlar yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni rag‘batlantirish, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta'minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yetarli emas.

Qaror bilan umumqurilish va maxsus montaj qurilish tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik jamiyati hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:

“O‘zmaxsusmontajqurilish” uyushmasini tashkil etish;

“O‘zmaxsusmontajqurilish” AJning boshqaruv organlari yig‘ilishlarida uning xo‘jalik jamiyatidagi ustav kapitallaridagi aksiyalari (ulushlari) paketlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish orqali jamiyatni tugatish masalalarini ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

Uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy mamlakatlar elchixonalari bilan hamkorlikda umumqurilish va maxsus montaj qurilish ishlari, xizmatlari hamda yuqori sifatli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek zamonaviy innovatsion texnologiyalarga doir jahon bozorini o‘rganish tashkil etish;

Uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarga yuqori sifatli va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning yangi turlari va konstruksiyalarini o‘zlashtirish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish ishlarida tashkiliy yordam ko‘rsatish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda qurilish ishlari texnologiyalarini kengaytirish, takomillashtirish, ishlab chiqarishni raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish va Uyushma tarkibiga kiruvchi sub'yektlarning hududlarida kichik sanoat korxonalarini tashkil etish uchun investitsiyalarni, birinchi navbatda chet el investitsiyalarini keng jalb etilishida yordam ko‘rsatish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda respublikada qurilish ishlari mutaxassislariga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojni aniqlashda hamda mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, taalluqli o‘quv dasturlarini takomillashtirishda va ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirishda ishtirok etish;

Uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, mazkur sohaga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda «O‘zmaxsusmontajqurilish» Uyushma faoliyati to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlash;

Belgilab qo‘yilishicha:

Uyushma tarkibiga, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, qurilish tashkilotlari ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi;

Uyushma ijroiya apparati tuzilmasi Uyushma kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;

Uyushma faoliyatini joriy saqlash va moliyalashtirish Uyushma a'zolarining badallari va ajratmalari hamda qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Uyushma tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning nizoli masalalari bo‘yicha iqtisodiy sudlarga da'vo arizalar bo‘yicha davlat boji undirilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: