Prezident qarori bilan agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlari tashkil etiladi

O‘zbekiston 18:32 / 18.04.2019 3710

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuzilmalari, viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hamda tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni tasdiqlandi.

Vazirlik Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bilim tarqatuvchi mutaxassis va trenerlarni tayyorlash uchun Toshkent davlat agrar universiteti hamda uning Nukus, Andijon va Termiz filiallari huzurida o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat ko‘rsatadigan agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlari (yextens1on senteg) tashkil etilishini ta'minlaydi.

Hujjatda belgilanishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo, Iqtisodiyot va sanoat, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvarga qadar respublika hududlarining ishlab chiqarish va investitsiya salohiyati, zaxira yerlari to‘g‘risidagi axborotlar, statistik va gidrometeorologik ma'lumotlar, infratuzilma obektlari va kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlanganligi hamda sohaga doir boshqa ma'lumotlardan iborat “invest.gov.uz/agro” O‘zbekiston investitsiya portalida tegishli axborot bloki va uning mobil ilovasi yaratilishini ta'minlaydi.

2019 yil 1 maydan:

Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi;

hududiy bo‘linmalar xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,2 baravarga oshirgan holda ko‘llaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: