PPX xodimlari ham bodi-kameralar bilan ishlaydi

O‘zbekiston 15:29 / 18.04.2019 22979

2019 yil 10 yanvar kuni prezident huzurida bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlariga bergan topshirig‘i ijrosini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi IIVning Patrul-post xizmati xodimlari zamonaviy kameralar bilan ta'minlanishi va ushbu kameralardan foydalangan holda xizmat olib borishi to‘g‘risida aytib o‘tilgandi.

Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilning aprel oyida Surxondaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni saf bo‘linmalari xodimlari respublikamiz miqyosida birinchilardan bo‘lib 19 dona zamonaviy bodi-kameralar bilan ta'minlandi.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati 
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati 

Ushbu bodi-kameralar Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, Patrul-post xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz beradigan turli ziddiyatli holatlarning oldini olish va ziddiyatli holatlar sodir bo‘lganida ushbu holatga oydinlik kiritilishiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, ushbu bodi-kameralar xodimlarning xizmat kiyimiga qulay o‘rnatilishi bilan ajralib turadi.   

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati 
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati 

Patrul-post xizmati xodimi huquqbuzar fuqarolarga sodir etgan huquqbuzarligini tushuntirib berishi va eng yaqin masofada joylashgan Ichki ishlar organlariga olib borishlari uchun ortiqcha vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy bodi-kameralar xodimlarga ana shu kabi vaziyatlarda juda qo‘l keladi. Maxsus buyurtma asosida xorijda ishlab chiqarilgan bodi-kameralar issiq yoki sovuq ob-havo sharoitida ham uzluksiz 12 soat ishlash quvvatiga ega.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati 

Mazkur bodi-kamera 32 Gb. xotiraga ega bo‘lib xodimlarning xizmat faoliyatlari to‘liq videotasvirga olish xususiyatiga ega. Shuningdek, ushbu bodi-kameralarga GPS-navigator tizimi o‘rnatilgan bo‘lib patrul-post xizmati xodimining qayerda xizmat olib borayotganligi navbatchilik qismida o‘rnatilgan maxsus tarmoq orqali axborot berib turiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: