O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon bankomatlardan qariyb 6 trln so‘m yechib oldi

O‘zbekiston 11:34 / 18.04.2019 7667

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining (YaUPM) statistik ma'lumotlariga binoan, 2019 yilning 1-chorak natijalari qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha stabil o‘sishni namoyon etdi.

Joriy yilning 1-choragida elektron kommersiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 73,8 mln. ni tashkil etib, 2018 yilning o‘tgan 4-choragida belgilangan 72,1 mln.lik holatiga nisbatan 1,69 mln. so‘m farq bilan 2,3% lik o‘sishni qayd etdi.

2019 yilning 1-choragida elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2 516 316 mln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018 yilning 4-chorakida qayd     etilgan 2 017 000 mln. so‘mga nisbatan 499,3 mlrd. so‘m farq bilan 24,8% lik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 1-choragida POS-terminallar orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 131,9 mln. tani, miqdorda esa 15 166 740 mln. so‘mni tashkil etdi.

Ushbu chorakda ATM (bankomat) qurilmalari orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 mln.tani, miqdori esa  5 939 327  mln. so‘mni tashkil etgani belgilandi.

YaUPMning statistik ma'lumotlariga tayangan holda, muomalaga chiqarilgan plastik kartalarning umumiy soni joriy yilning 1-choragida 1 052 816 ta plastik kartani tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilning 4-choragida qayd etilgan 1 038 336 ta plastik kartalar soniga nisbatan 1,4%lik o‘sishni namoyon etdi.

Ko‘proq yangiliklar: