Milliy gvardiya xodimlarining ovqatlanishi qanday tashkil etiladi? 

O‘zbekiston 16:46 / 18.04.2019 23991

Hukumat qarori (323-son, 17.04.2019 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Adliya vazirligi telegram kanalida yozilishicha, nizomga muvofiq autsorserlar hokimliklar tomonidan tanlab olinadi.

Autsorsing xizmati uchun hisob-kitob 15 foiz oldindan, 85 foiz haqiqatda ko‘rsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib har 10 kunda, yakuniy hisob-kitob keyingi oyning 5-sanasigacha amalga oshiriladi.

Autsorser foydalanadigan oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro va milliy standartlarga javob berishi shart.

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati tibbiy xodim tomonidan tekshirib boriladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish Milliy gvardiya bo‘linmalari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Oshxona uchun berilgan moddiy-texnik vositalar autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: