Mehribonlik uylarini noinstitutsionallashtirish dasturi tasdiqlanadi

O‘zbekiston 15:11 / 18.04.2019 4154

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikni oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:

“2019-2023 yillarda Mehribonlik uylarini noinstitutsionallashtirish dasturi”;

Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oilaga (patronat) berilishi) qabul qilayotgan nomzod (shaxs)larni tanlash va kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va boshqa jamoat tashkilotlar bilan birgalikda:

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tutingan ota-onalarni tanlash maqsadida Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarida “Tutingan
ota-onalarni tayyorlash kurslari”ni tashkil etadi;

Tayyorlov kurslari nizomi hamda mazkur tayyorlov kursini tugatganlik to‘g‘risidagi namunaviy hujjat loyihasini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Tayyorlov kurslarida o‘qib, uni tugatgan tutingan ota-onalarga Tayyorlov kursini tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishini ta'minlaydi.

Quyidagilar Tayyorlov kurslarining vazifalari etib belgilanadi:

tutingan ota-onalar bolalar psixologiyasi va pedagogikasi sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;

tutingan ota-onalarni yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash sohasidagi qonunchilik asoslari bilan tanishtirish;

tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirish;

tutingan ota-onalarni yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolani tarbiyalash, parvarish qilish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, uning ijtimoiylashuvi, ta'limi va har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ota-onalik salohiyatlarini shakllantirish.

Belgilanishicha:

tutingan ota-onalarning Tayyorlov kurslaridagi o‘qishi bepul tashkil etiladi;

Tayyorlov kurslarining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

2020 yil 1 yanvardan boshlab tutingan ota-onalar Tayyorlov kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjati mavjud bo‘lgan fuqarolardan tanlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: