Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guliston shahrida «O‘qituvchi» brendi ostidagi birinchi «Bookkafe» ochildi

Foto: Komil Allamjonovning feysbuk sahifasi
Bugun, 18 aprel kuni Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida zamonaviy “Bookcafe” va “O‘qituvchi” brendi ostidagi kitob do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Majmua qisqa fursat – ikki oy ichida qurib bitkazildi.
Uning ochilish marosimida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev so‘zga chiqib, jamoatchilikni yangi ma'rifat maskani bilan qutladilar.

Gulistonning markaziy va gavjum ko‘chalaridan birida faoliyatini boshlayotgan ushbu majmua bir oyda 30-40 ming kitobxonga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Endilikda bu yerda o‘quvchilar, talabalar va barcha kitobxonlar o‘zlariga yoqqan kitobni tanlab, o‘qishi va xarid qilishi mumkin. E'tiborlisi, do‘konning o‘quv zali odatdagiga o‘xshamaydi. Ya'ni ushbu o‘ziga xos kafe-kutubxonada (Book cafe) kitob o‘qish bilan birga kofe va salqin ichimliklar iste'mol qilish mumkin.
Ushbu loyihaning yana bir muhim jihati shundaki, kitob do‘konidagi 10 mingdan ortiq badiiy adabiyot va boshqa kitoblarning barchasi Agentlik tizimiga qarashli nashriyotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelinmoqda.
— Kelgusida bu loyihani butun yurtimiz bo‘ylab amalga oshirishni rejalashtirganmiz, — dedi Agentlik rahbari Komil Allamjonov. — Demak, kitobxonlikning “Sirdaryo tajribasi” mamlakatimiz bo‘ylab keng ommalashtiriladi. O‘ylaymanki, bu barcha kitobxonlar, ayniqsa, bilimga chanqoq yoshlarimizga manzur bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha konsepsiya loyihasini ma'qullab: “Ma'naviyatimiz, g‘urur-iftixorimiz birinchi o‘ringa chiqadigan vaqt keldi. Farzandlarimizni ana shunday yetuk avlod qilib tarbiyalash uchun barchamiz mas'ulmiz. Biz buning uchun mablag‘ va vaqtni ayamaymiz, bor imkoniyatimizni ishga solamiz”, deya ta'kidlagan edi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning to‘rtinchisi – yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishni yangi bosqichga olib chiqishdir. Ana shu tashabbus doirasida har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hududlardagi axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalarini ochish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
Mavzuga oid

20:26 / 28.03.2025
Gulistondan Chinorkentga shaharlararo tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

15:38 / 23.06.2020
Gulistonda bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi

20:51 / 21.04.2020
IIV Tergov departamenti: Gulistonda choyxona binosini yoqib yuborgan noma'lum shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

19:46 / 10.04.2020