APL futbolchilari ijtimoiy tarmoqlarni 1 kunga tark etishadi

Sport 23:40 / 18.04.2019 6075

Angliya va Uels futbolchilari Professional Futbolchilar Uyushmasining (PFA) irqchilikka qarshi kurash doirasidagi tadbiriga qo‘shiladilar.

APL, chempionship va boshqa ligalarda ishtirok etadigan o‘yinchilar 1 kun davomida ijtimoiy tarmoqlardan voz kechadilar. Aksiya 19-20 aprel kunlari o‘tkaziladi.

Boykotning maqsadi futbol maydonlari va uning tashqarisidagi irqchilikka oid harakatlarga nisbatan norozilik bildirish va ijtimoiy tarmoqlar orqali bunga qarshi faol kurashishdir.

Aksiyada «Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling, «Tottenhem» himoyachisi Denni Rouz, «Uotford» hujumchisi Troy Dini, «Lester» himoyachisi Ues Morgan, «Uikom» hujumchisi Adebayo Akinfenva va «Arsenal» ayollar jamoasi hujumchisi Daniel Karter faol ishtirok etadilar.

Ko‘proq yangiliklar: