Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti yanada rivojlantiriladi

Foto: mevauzum.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4246-son qaroriga muvofiq Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga o‘tkazilgan.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanishi mumkin:
bog‘dorchilik, uzumchilik va sitruschilik sohalarida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, raqobatbardosh, eksportbop meva va uzum navlarini yaratish hamda ularni yetishtirishda ilmiy asoslangan resurstejamkor ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish;
hududlarning tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olib, meva va uzum navlarini joylashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hamda xorijiy mamlakatlardan olib kelingan istiqbolli meva va uzum navlarini sinovdan o‘tkazish va mahalliy sharoitga moslashtirish;
zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda ko‘chatchilik, intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish hamda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishlaridagi xorijiy nufuzli ilmiy muassasalar, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy markazlar bilan ilmiy-tadqiqotlar ishlarini olib borishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, belgilangan tartibda xorijiy donor tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilish;
yuqori malakali ilmiy xodimlar, ya'ni falsafa (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash, bog‘dorchilik va uzumchilik sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish yo‘nalishida mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish;
bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik sohalari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini hamda bog‘dorchilik va uzumchilikdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish va ularni amaliyotga qo‘llash uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
vinochilik sohasida yangi, yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportbop vino assortimentlarini yaratish va qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-izlanishlar olib borish va tavsiyalar berish;
xalqaro standartlarga mos va eksportbop mevali daraxt, tok, rezavor va sitrus o‘simliklarining ko‘chatlarini yetishtirish hamda ularni realizatsiya qilish.
Belgilanishicha:
a) Institut:
o‘z faoliyati bo‘yicha Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
b) Institut direktori Agentlik Bosh direktorining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
maqomi, mehnatga haq to‘lash va transport xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha Agentlik Bosh direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
v) Institut direktori o‘rinbosari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Agentlik Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
g) Institut tasarrufida bo‘lgan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 0,5 gektar yer maydonida davlat-xususiy sheriklik asosida Institut xodimlari uchun ko‘p qavatli turar-joy majmuasini barpo etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
d) “Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki, ko‘p qavatli turar-joy majmuasi qurilishida paychilik asosida qatnashadigan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli shartlarda uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatishlari tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

08:45 / 07.08.2024