WSJ: AQSh va Turkiya S-400 bo‘yicha mojaroni hal qila olmadi

Jahon 09:43 / 17.04.2019 16377

Amerika va Turkiya rasmiylarining shu hafta bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlari Rossiyaga tegishli S-400 zenit raketa komplekslarining Turkiya tomonidan sotib olinishi bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf eta olmadi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin Amerika tomoniga S-400 sotib olinishi tufayli AQSh ehtimoliy sanksiyalari ikki tomonlama aloqalarga zarar yetkazishi va samarasiz bo‘lishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan. Shuningdek, uning bildirishicha, Turkiya Amerikaning Patriot zenit raketa komplekslarini xarid qilishga va qaysi tizim yaxshiroq ekanligini tekshirib ko‘rishga tayyor.

Gazetadan ta'kidlanishicha, kelgusi oylar ichida Turkiya S-400’ni joylashtirishni boshlashi mumkin. Bu muzokaralar kirib qolgan «boshi berk ko‘chadan» chiqish yo‘lini qidirishga vaqt kam qolganini anglatadi.

Bundan oldin, Erdo‘g‘an S-400 bo‘yicha muddatlar o‘zgarishini istisno etmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: