TIV Rossiyada ishlayotgan o‘zbeklarga eslatma bilan chiqdi

Jamiyat 08:58 / 17.04.2019 28085

2019 yilning 9 aprel kuni O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga mamlakat fuqarosi Habibullo O‘rinboyev murojaat qilgan, deb xabar bermoqda TIV.

U Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan bo‘lgan ukasi G‘olibjonning vafot etganini ma'lum qildi hamda uning jasadini vatanga yuborishda yordam so‘ragan. Kasallik tufayli olamdan o‘tgan ushbu fuqaro 2018 yilning mart oyidan buyon Primore o‘lkasida qonuniy ravishda yashagan va ishchi sifatida turli faoliyatlar bilan shug‘ullangan.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan transport xarajatlarining bir qismini qoplashda ko‘mak berish masalasini muhokama qilish uchun Konsulxona Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi bilan bog‘langan.

Zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, Jamg‘arma yordamida marhumning jasadini akasi Vladivostok-Novosibirsk-Farg‘ona yo‘nalishida O‘zbekistonga olib ketgan.

Konsullik-huquqiy departamenti quyidagilar bo‘yicha eslatma bilan chiqdi:

Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Ma'lumot uchun:

Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2).

Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy.

Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz.

Ko‘proq yangiliklar: