Ta'lim muassasalarida bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etiladi

Jamiyat 21:07 / 17.04.2019 4371

Vazirlar Mahkamasi Ta'lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qarorga ilova qilingan Ta'lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tasarrufidagi ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Jamg‘arma tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar davlat, nodavlat ta'lim muassasalarida va O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan xorijiy ta'lim muassasalarining filiallarida ta'lim muassasalari rahbarlarining tegishli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilishi mumkin.

Qayd etilishicha, ta'lim muassasalarida jamg‘armaning tashkil etilishi majburiy emas.

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishda homiylik xayriyalari orqali ishtirok etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning mazkur jamg‘arma faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi:

  • iqtidorli, bilimli o‘kuvchi va talabalarning o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun zarur bo‘ladigan o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlarni xarid qilish;
  • iqtidorli, bilimli o‘quvchi va talabalarning o‘z usgida ishlashlari va bilimlarini muntazam rivojlantirishga intilishlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
  • o‘quvchi va talabalarning tumanlar, viloyatlar, respublika va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirokini ta'minlash;
  • kam ta'minlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvchi o‘quvchi va talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash;
  • professor-o‘qituvchilar va xodimlar mehnatini rag‘batlantirish;
  • ijtimoiy faol va ta'lim muassasasida ko‘p yillar mobaynida mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish;
  • ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan bino va inshootlarni ta'mirlash, zarur zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboragoriya uskunalari, mebellar, inventarlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash va boshqa tovar-moddiy boyliklarini xarid kilish;
  • faol o‘quvchi va talabalar o‘rtasida o‘gkaziladigan respublika tanlovlari g‘oliblarini hamda ularning ustoz va murabbiylarini taqdirlash va rag‘batlantirish.

Jamg‘arma mablag‘larini ushbu bandda nazarda tutilmagan maqsadlarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: