Qadimiy tangalarning noqonuniy olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmadi

Jamiyat 18:44 / 17.04.2019 4625

Amaldagi tartiblarga ko‘ra, davlat tomonidan muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan, davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarida, kutubxonalarida va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan, shuningdek, ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlanadi.

Ammo bu kabi tartib-qoidalarga rioya etmaydigan ayrim “uddaburon”lar uchrab turishi ko‘ngilni xira qiladi. Xususan, fuqaro Yo.R.ning xatti harakatlari fikrimiz tasdig‘i bo‘ladi.

Qarshi xalqaro aeroportidan “Qarshi-Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha, uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro Yo.R. ga tegishli qo‘l yuklari rentgen apparati yordamida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan, qadimiyligi 50 yildan oshgan, jami 36 dona tangalarning noqonuniy ravishda yurtimizdan olib chiqilishi holati aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: