Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta'lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimi takomillashtiriladi 

O‘zbekiston 20:08 / 17.04.2019 3247

“Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy ta'lim va kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasining 5-umumta'lim maktabi Zangiota tumani xalq ta'limi bo‘limining 35-umumta'lim maktabiga birlashtirildi. Hujjatda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va jazolarni ijro etish bo‘limi Tarbiya koloniyasining 5-umumta'lim maktabi mulkiy negizida ushbu umumta'lim maktabining filiali tashkil etilishi belgilandi. 

Hujjatda ko‘rsatilishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Kasb-hunar ta'limi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashgai kasb-hunar ta'limi muassasalari qarorda keltirilgan ilovaga asosan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi hamda ular kasb-hunarga o‘qitish markazlariga aylantiriladi.

Quyidagilar kasb-hunarga o‘qitish markazlarining asosiy vazifalari etib belgilandi:

milliy g‘oyaga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma'naviy boy, mustaqil dunyoqarashga ega va mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxsni shakllantirish;

davlat ta'lim standartlari doirasida mahkumlarning sifat jihatidan yuqori darajada bilim olishi va ularni kasbga tayyorlashni ta'minlaydigan umumta'lim hamda kasb-hunar ta'limi dasturlarini amalga oshirish;

mahkumlarni jazodan ozod etilganidan so‘ng jamiyatga moslashtirish maqsadida mehnat bozorida talab etilgan kasblarni egallashi uchun ularga mehnat ko‘nikmalarini singdirish va mustahkamlash.

Qarorda belgilanishicha:  

umumta'lim maktablarining jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi filiallari Xalq ta'limi vazirligining tegishli tuman (shahar) bo‘limlariga bo‘ysunadi;

umumta'lim maktablarining jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi filiallarida o‘quvchi mahkumlar sonidan qat'i nazar sinflar ochishga ruxsat etiladi;

kasb-hunarga o‘kitish markazlari mustaqil yuridik shaxslar hisoblanadi va Ichki ishlar vazirligining asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha tashkil etiladi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida bo‘ladi;

umumta'lim maktablarining jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi filiallari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashtiriladi;

kasb-hunarga o‘qitish markazlarida mahkumlarning muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun zarur kasbiy bilim va mehnat ko‘nikmalarini egallashipi tezlashtirishga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlari asosida ta'lim beriladi;

kasb-hunarga o‘qitish markazlarining rahbarlari, pedagoglari va boshqa xodimlariga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi kasb-hunar ta'limi muassasalarining tsgishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalariga muvofiq mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, kasb-hunarga o‘qitish markazlarini davlat ta'lim standartlari doirasida o‘quv rejalari va dasturlari, shuningdek, ularning kutubxona foidlari zarur o‘quv-uslubiy adabiyot bilan bosqichma-bosqich ta'minlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: