MIB direktori Samarqandda sayyor qabul o‘tkazmoqda

Jamiyat 23:59 / 17.04.2019 8998

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxodjayev Samarqand viloyatida sayyor qabullarni olib bormoqda.

Bugun byuroning Samarqand viloyat boshqarmasida Samarqand shahri, Samarqand, Tayloq, Urgut, Jomboy, Bulung‘ur, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda fuqarolarni qiynayotgan muammolari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Fuqaro A.Usmonov Samarqand shahar elektr ta'minoti korxonasi Siyob filiali tomonidan unga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik masalasidan shikoyat qildi. Muammo bartaraf etildi. Yana bir fuqaro S.Faxriyeva farzandi uchun aliment undirish masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi. Qabulda ana shu kabi 22 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaati qabul qilinib, yechim topildi.

Byuro direktori B.B.Qudratxodjayevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘idagi keyingi sayyor qabul ertaga – 18 aprel kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: