Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi YeChLda 6 yillik noxush an'anasiga barham berdi, «MYu» esa antirekord qayd etdi

Foto: JOSEP LAGO / AFP
«Barselona» YeChL chorak finalining «Manchester Yunayted»ga qarshi javob o‘yinida ham g‘alaba qozonib (1:0, 3:0), 2015 yildan buyon ilk marta musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi.
«Ko‘k-anorranglilar» to‘rt yil oldin hozirda Ispaniya milliy jamoasini boshqarayotgan Luis Enrike qo‘l ostida finalgacha yetib borib, hal qiluvchi bahsda «Yuventus»ni 3:1 hisobida mag‘lub etishgandi.
Shuningdek, Barselonadagi kechagi bahsda dubl qayd etgan mezbonlar sardori Lionel Messi 2013 yil aprelidan buyon YeChL chorak finali doirasida gol ura olmay kelayotgandi. Vaholanki u o‘tgan vaqt mobaynida u bu bosqichda 12ta o‘yinda qatnashib, darvoza tomon 50 marta zarba yo‘llagan. 10-raqam egasi oxirgi marta chorak finalda olti yil oldin «PSJ» darvozasini ishg‘ol qilgandi (2:2).
Qolaversa, «MYu»ga qarshi bahs Leo uchun klub futbolining eng nufuzli turniridagi 133-o‘yin bo‘ldi va u «Barsa»ning YeChLdagi gvardiyachilari ro‘yxatida Inestadan o‘zib ketdi. 133ta uchrashuvda 110ta gol muallifi bo‘lgan. Joriy mavsumda esa argentinalik barcha musobaqalar doirasida klubining 42ta o‘yinida qatnashib, 45ta gol urdi.
📈 Messi surpasses @andresiniesta8 and becomes the Barça player with the second most appearances in the @championsleague #BarçaMUFC pic.twitter.com/wsreQGZ4wp
— FC Barcelona (@FCBarcelona) April 16, 2019
O‘z navbatida, «Manchester Yunayted» YeChLni chorak finaldan eng ko‘p marta tark etgan klub ekanini qayd etish lozim. «Qizil iblislar» o‘z tarixida 7 marta Chempionlar ligasi chorak finalida kurashni to‘xtatgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi
O‘zbekiston | 16:44
-
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi
O‘zbekiston | 16:33
-
Yevropa sudi Rossiyani MH17 samolyoti halokatida aybdor deb topdi
Jahon | 16:33
-
Avariyalarni kamaytirish uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratiladi
O‘zbekiston | 15:36
Mavzuga oid

10:26 / 12.08.2023
Ligalar kubogi. «Inter Mayami»dan yirik g‘alaba, Messidan 8-gol

08:17 / 22.07.2023
Liga kubogi. Messi debyut o‘yinida 90+4-daqiqadagi goli evaziga «Inter Mayami»ga g‘alaba keltirdi

19:28 / 20.07.2023
«Inter Mayami» ustozi Messi va Buskets debyutini qachon o‘tkazishi mumkinligini baholadi

08:22 / 17.07.2023