Kun.uz xodimlari safini kengaytirmoqda: o‘zingizni menejyerlikda sinab ko‘ring! 

Jamiyat 12:18 / 17.04.2019 21288

Saytimiz reklama sotishga ixtisoslashuvchi menejyerlarni ishga qabul qiladi.

Talablar quyidagicha: 

* 24 dan 45 yoshgacha bo‘lgan kishi;
* Oliy yoki tugallanmagan oliy ma'lumot;
* Rus tilini bilish shart;
* Potensial xaridorlarni topish, jalb qilish va muntazam aloqalarni o‘rnatish;
* Og‘zaki va yozma ishbilarmonlik muloqoti ko‘nikmalari;
* Moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtira olish (shartnomalar, hisob-fakturalar va b.q.)
* Taqdimotlarda ishtirok etish va uyushtira bilish;
* Sohaga oid ish tajribasi qo‘llab-quvvatlanadi; 
* Talabgor Toshkent shahrida yoki poytaxtga yondosh hududlarda yashashi shart, ammo doimiy propiska talab qilinmaydi.

Ish tartibi:

* Ish vaqti erkin, biroq natija ko‘rsata bilish har ikki tomon uchun zarurligini unutmaslik kerak;
* Davolanish, mehnat ta'tili kabi ijtimoiy masalalar mehnat kodeksiga muvofiq;
* Korporativ ko‘nikmalarni oshirish uchun sharoit;
* Xizmat pillapoyalarida ko‘tarilish imkoniyati mavjud;

Sizni qiziqtirgan eng muhim jihat: Sinov muddati davomida kafolatli maosh 600 000 so‘m + sotilgan reklama summasidan kelishuv asosidagi foiz ajratiladi; 

Maoshni oz hisoblovchilar reklama bozorini tushunmovchilardir va ularning bizga, bizning ularga nafi tegishi qiyin.

FIO, tug‘ilgan sana, ma'lumotingiz, yashash manzilingiz, qayerlarda ishlagansiz, bog‘lanish uchun telefon raqami kabi ma'lumotlarni ilova qilishni unutmang. 

O‘zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni ruzibaev@kun.uz elektron manziliga yuboring

Unutmang: ma'lumotlar (rezyume) to‘liq bo‘lishi shart!

Ko‘proq yangiliklar: