Kechikkan avtoulov uchun qariyb 11 million so‘m tovon to‘landi

Jamiyat 21:34 / 17.04.2019 15591

Buxoro tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Navro‘zov Sa'dullo murojaat qilgandi. 

U o‘z murojaatida «Sitora-avto savdo» MChJ bilan Nexia-3 AV-CS16 rusumli avtomashina sotib olish uchun belgilangan to‘lovni amalga  oshirib, shartnoma qilganini bildirgan. Shartnomaga asosan, 2019 yil 1 yanvarga qadar avtomashina fuqaroga yetkazib berilishi belgilab qo‘yilgan. Agar o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foiz miqdorida penya to‘lanishi shartnomada belgilab qo‘yilgan. Ammo iste'molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatda avtomashina berilmagan. 

Ma'lum qilinishicha, fuqaro murojaati jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, fuqaroga Nexia-3 AV-CS16 avtomashinasi yetkazib berilishi ta'minlangan, shuningdek iste'molchining arizasiga binoan, kechiktirilgan muddat bo‘yicha penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga 10.910.418 (o‘n million to‘qqiz yuz o‘n ming to‘rt yuz o‘n sakkiz) so‘m penya puli to‘landi.

Ko‘proq yangiliklar: