Fransiyada Bashar Asadning amakisi sud qilinadi

Jahon 23:23 / 17.04.2019 7356

Fransiyada Suriya prezidenti Bashar Asadning amakisi Rifat Asad ustidan sud jarayoni boshlanmoqda. 81 yoshli Rifat Asad Fransiya hududida 102 mln dollarga ko‘chmas mulk xarid qilish va qurish maqsadida Suriya budjetidan pullarni yuvishda ayblanmoqda.    

Yaqin orada sud Asad bo‘yicha jarayonning boshlanishi sanasini e'lon qilishi kerak. Asadga qarshi tergov 2014 yildayoq boshlangan. Keyinroq prokurorlar Suriyaning sobiq vitse-prezidentiga korrupsiya bo‘yicha ayblov bildirishgan, uning mulkiga esa taqiq qo‘yilgan. Rifat Asadning o‘zi esa vaqti-vaqti bilan goh Fransiyada, goh Britaniyada yashab keladi va barcha ayblovlarni rad etadi. 

Rifat Asadning Fransiyadagi mulki Parijdagi ikkita tanxausni, ot zavodini, Parij yaqinidagi qasrni, Liondagi ofislarni o‘z ichiga oladi. Ko‘chmas mulkning katta qismi offshor kompaniyalar orqali sotib olingan. Bundan tashqari, Rifat Asad oilasiga 2017 yil Ispaniyada musodara qilingan 500 dan ko‘proq ko‘chmas mulk obekti tegishli.

Rifat Asad Suriyaning sobiq prezidenti, Bashar Asadning otasi, Suriyani 1971 yildan 2000 yilgacha boshqargan Hafiz Asadning ukasi hisoblanadi. Rifat Asad 1983 yilda akasi kasalligidan foydalanib, unga qarshi borib, davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga uringan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shundan keyin u mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan va o‘shandan beri Yevropada yashab keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: