Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik ayol astronavt Kristina Kox koinotda qolish bo‘yicha rekordchiga aylanadigan bo‘ldi

AQShning NASA koinot agentligi o‘z astronavti Kristina Koxni Xalqaro koinot stansiyasida 2020 yil fevraligacha qoldirishga qaror qildi. NASA buni e'lon qilgach, Kox orbitada uzluksiz qolish bo‘yicha ayollar orasida rekordchiga aylanishini qayd qilib o‘tgan. Astronavtning XKSga missiyasi endi 328 kun davom etadi. Ayni vaqtda bu boradagi rekord amerikalik Peggi Uitsonga tegishli: u orbitada 288 kun qolgan.
“XKSga 14 mart kuni kelgan Kox orbitada 2020 yil fevraligacha qoladi va koinot parvozi davomiyligi bo‘yicha ayollar o‘rtasida rekord o‘rnatadi”, deyilgan xabarda.
Koxning o‘zi esa bu xabarga “Bir oy ortda qoldi. Yana 10 oy bor. Bu koinotni zabt etishga har kun o‘z ulushingni qo‘shishga imkondir”, deb izoh bergan.
NASA rahbari Jim Braydenstayn Koxni rekord o‘rnatish imkoniyati bilan tabriklagan.
40 yoshli Kox XKSga 14 mart kuni “Soyuz MS-12” kemasida parvoz qilgan. Bu uning orbitaga birinchi parvozi bo‘lib, u dekabrda 59-ekspeditsiyaning qolgan a'zolari bilan Yerga qaytishi kerak edi. NASA’ning yangi rejasiga ko‘ra Kox stansiyada yana 2 oy qoladi va Yerga 61-ekspeditsiya a'zolari bilan birga qaytadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi

08:59 / 19.03.2025
NASA astronavtlari XKSda 9 oy qolib ketganidan keyin Yerga qaytdi

19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda

17:05 / 16.03.2025