Turkiya S-400’ni nima maqsadda qo‘llashini ma'lum qildi 

Jahon 19:17 / 16.04.2019 19421

Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmuasi yordamida poytaxt Anqara va mamlakatdagi eng yirik shahar – Istanbulni himoyalaydi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar ma'lum qildi. 

“Ehtimol, Anqara va Istanbul himoyasi S-400 majmuasi uchun bosh vazifalar bo‘ladi”, deb aytgan vazir. Uning ta'kidlashicha, Turkiya tegishli tahdidlar sababli Rossiyadan ushbu tizimlarni xarid qilishga majbur bo‘lgan. Akar S-400 majmualari va AQShning F-35 qiruvchi samolyotlarini bir-biri bilan bog‘lash noto‘g‘ri qaror bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: