Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termiz va Samarqandda serjantlar forumi o‘tkazildi

Samarqand shahridagi harbiy qismlardan birida Markaziy harbiy okrugi, Termiz shahrida esa Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi serjantlari forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, serjantlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashib, serjantlar tarkibining xizmat jarayonidagi ijtimoiy-maishiy va boshqa turdagi muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
“Tadbirlar davomida Kichik komandirlarga milliy armiyamizni yanada isloh etish va rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablari hamda ustuvor vazifalarni mazmun mohiyatini yetkazish, bo‘linmada jangovar tayyorgarlik hisobini yuritish tartibi, shuningdek, jinoyatchilik va harbiy intizomni mustahkamlashda serjantlar tarkibining tutgan o‘rni va roli bo‘yicha vazifalarini yetkazishga e'tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.
Termizda forumning birinchi kunida turli mashg‘ulotlar, savol-javob tarzida uchrashuvlar o‘tkazilib, barcha qatnashchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Ikinchi kuni esa, kompyuterlashtirilgan trenajyorlardan foydalangan holda otish mashqlari, psixologik chidamlilik to‘siqlarini yengib o‘tish, shaxsiy tarkib kundalik faoliyatini ta'minlash va omon kolish omillari bo‘yicha poligonda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Forum yakunida harbiy xizmatchilar madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
Shuningdek, bu kabi Serjantlar forumi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida ham bo‘lib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

11:22 / 14.07.2025
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025