Germaniya armiyasi o‘nlab yillar davomida zaharli yong‘in o‘chirish ko‘pigidan foydalanib kelgani ma'lum bo‘ldi

Jahon 18:08 / 16.04.2019 5320

Nemis bundesveri o‘nlab yillar davomida tarkibida onkologik kasallik keltirib chiqaruvchi unsur bo‘lgan yong‘in o‘chirish ko‘pigidan foydalanib kelgan, deb xabar berdi Bayerischer Rundfunk teleradiokompaniyasi.

Teleradiokompaniyaning ma'lumot berishicha, gap xavfli PFC sun'iy ximikati haqida bormoqda. Germaniyadagi 18 ta harbiy obektdagi yong‘in o‘chirish ko‘piklarida PFC mavjudligi aniqlangan, yana 108 ta obekt gumon ostida turibdi. Ko‘pikdan birinchi navbatda mashg‘ulotlarda foydalanilgan, uning yordamida yong‘in o‘chirish mashqlari o‘tkazilgan.  

Ingolshtadt-Manxing aviabazasi joylashgan Bavariyaning Manxing kommunasida grunt suvlarining PFC bilan ifloslanish darajasi me'yordagidan 400 barobar ortiqligi aniqlangan.

PFC bilan ifloslanish Bavariyadagi harbiy obektlardan birida ilk bor 2012 yilda qayd etilgan bo‘lib, harbiylar 2015 yilga kelibgina buning sababini aniqlashga kirishishgan.

Ko‘proq yangiliklar: