Yirik shaharlarda yashovchilar nonushtaga yetadigan pulni qancha vaqtda topishlari hisoblab chiqildi

Jahon 21:32 / 15.04.2019 12298

Bloomberg agentligi dunyoning yirik shaharlarida yashovchi kishilar nonushtaga yetadigan pulni qancha vaqtda topishlarini aniqlash maqsadida Bloomberg 2019 Global City Breakfast Index tadqiqotini o‘tkazdi.

Buning uchun dunyoning 137 ta yirik shahrida standart nonushtaning o‘rtacha narxi va biror kishi bunday nonushta uchun qancha vaqt ishlashi kerakligi hisoblab chiqilgan. Standart nonushta sifatida bir stakan sut, bitta tuxum, ikki bo‘lak non va bitta meva olingan. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, reytingning eng yuqori pog‘onalarini Jyeneva, Dubay, Bern, Lyuksemburg, San-Fransisko va Tsyurix egallagan. Bu shaharlarda odamlar bir kunda topadigan pullarining 1 foizga yaqinini nonushtaga ishlatar ekanlar. Ularga nonushtaga yetadigan pulni topish uchun 5 daqiqada kifoya qiladi. 

Moskvada yashovchi kishiga buning uchun 10,6 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi va nonushtaga kunlik daromadining 2,2 foizini sarflaydi. 

Reytinginng so‘nggi o‘rinlarini Afrikaning Lagos va Akkra shaharlari egallagan. Bu shaharda yashovchilarga nonushtaga yetadigan pulni topish uchun 2 soatdan ko‘proq ishlashlari talab qilinar ekan. Xitoylikka nonushtaga pul topish uchun 30 daqiqa, Gana poytaxtida yashovchi kishiga esa 2 soat 15 daqiqa va kunlik daromadining 28 foizi kerak bo‘lar ekan.

Ko‘proq yangiliklar: