Xavfli «suvenir» bojxonachilar nazaridan chetda qolmadi

Jamiyat 11:06 / 15.04.2019 9568

Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari jangovar o‘qning noqonuniy olib o‘tilishiga o‘z vaqtida chek qo‘yishdi.

“Toshkent-Moskva” yo‘nalishi bo‘ylab uchib ketayotgan fuqaro K.M.ning bagaji skaner vositasida tekshiruvdan o‘tkazilganda uning ichidagi kichik, deyarli ko‘z ilg‘amaydigan buyum xodimlar diqqatini tortdi. So‘ngra bagaj xolislar ishtirokida ko‘zdan tekshirilganda uning ichidan bir dona 7.62 mm.lik jangovar o‘q borligi aniqlandi.

Fuqaroning so‘zlariga qaraganda ushbu o‘qni u meros sifatida olib ketmoqchi bo‘lgan ekan. Ammo, qonun barcha uchun barobar ekanligi yoddan chiqarmaslik lozim.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: