O‘zbekistonda Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi tashkil etildi

O‘zbekiston 15:17 / 15.04.2019 5965

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Transport vazirligi huzurida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Hujjatda aytilishicha, markaz quyidagilar bilan shug‘ullanadi:

transport va logistika tizimini rivojlantirish muammolarini o‘rganish, respublikaning transport salohiyatidan foydalanish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yo‘lovchi va yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;

transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;

atrof-muhitga zararli ta'sirni kamaytirish, resurslarni tejash va transportda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha muammolarni o‘rganish va takliflar tayyorlash;

ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

Markaz Davlat budjeti, Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: