O‘zbekiston va Rossiya AES qurilishi bo‘yicha shartnomani yil oxiriga qadar imzolaydi

O‘zbekiston 20:24 / 15.04.2019 4929

O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha shartnomani 2019 yil oxiriga qadar imzolaydi. Bu haqda «O‘zatom» agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov Sochidagi «Atomekspo» xalqaro forumida ma'lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

«Yo‘l xaritasi» va imzolangan jadvalga muvofiq, yil oxiriga qadar «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan shu yil oxiriga qadar asosiy shartnomani imzolashni rejalashtirganmiz», – dedi u.

Shu bilan birga Mirzamahmudov «hozirda davom etayotgan shartnoma muzokaralari natijalariga bog‘liqligi sababli» AES qurilishining taxminiy qiymatini aytmadi. 

U shuningdek, AES quriladigan salohiyatli maydon bir oy ichida aniq bo‘lishini ma'lum qildi.

«Tayyorlangan hisobotlar «Rosatom» davlat korporatsiyasidagi hamkorlarimiz tomonidan o‘rganilmoqda. Buning asosida bo‘lajak AES texnik loyihasi bo‘yicha ma'lum bir maydonda injyenerlik ishlari boshlanadi», – dedi Mirzamahmudov.

Eslatib o‘tamiz, «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. AES har birining quvvati 1200 MVt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: