La Liga. «Real»ning ta'qibchisi o‘zgardi, «Vilyarreal» xavfli hududdan chiqib oldi

Sport 09:49 / 15.04.2019 5412

La Liganing 32-turida «Xetafe» safarda «Valyadolid» bilan durang qayd etib, to‘rtinchi o‘rinni qo‘ldan chiqardi. Xetafeliklar 96-daqiqada penaltidan urilgan gol evaziga hisobni tenglashtirishga erishdilar – 2:2. Endilikda to‘rtinchi o‘rin «Sevilya»ga tegishli.

6-pog‘onada borayotgan «Valensiya» o‘z maydonida «Levante»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. «Atletik» esa o‘z uyida «Rayo Valekano»ni yengib (3:2), 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Yakshanba kuni, shuningdek, «Real Sosedad» «Eybar» bilan durang qayd etdi, «Vilyarreal» safarda «Jirona»ni mag‘lubiyatga uchratib, xavfli zonadan chiqib oldi.

Turning so‘nggi o‘yini bugun «Real» va «Leganes» o‘rtasida kechadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00da start oladi.

Ispaniya chempionati
32-tur, 14 aprel
Valyadolid – Xetafe 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 14 Arambarri, 1:1 – 30 Serxi Gvardiola, 2:1 – 69, penalti Unal, 2:2 – 90+6, penalti Molina.
Chetlatish: Olivera (62, Xetafe).

Atletik – Rayo Valekano 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Inyaki Uilyams, 1:1 – 45 Moreno, 2:1 – 50 Inyaki Uilyams, 3:1 – 72 Raul Garsiya, 3:2 – 85 de Tomas.
Chetlatish: Advinkula (52, Rayo Valekano).

Real Sosedad – Eybar 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 1 Xuanmi, 1:1 – 85 Jordan.

Jirona – Vilyarreal 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 7 Chukvueze.

Valensiya – Levante 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 2 Santi Mina, 1:1 – 56, avtogol Soler, 2:1 – 57 Gedesh, 3:1 – 63 Santi Mina.

15 aprel
23:59. Leganes – Real Madrid

13 aprel
Espanol – Alaves 2:1 (1:0, 1:1)

Ueska – Barselona 0:0 

Atletiko – Selta 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 42 Grizmann, 2:0 – 74 Morata.

Sevilya – Betis 3:2 (1:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 26 Munir, 1:1 – 55 Lo Chelso, 2:1 – 59 Sarabiya, 3:1 – 63 Vaskes, 3:2 – 82 Telo.

Ko‘proq yangiliklar: