Farg‘onadagi tezkor tadbir natijasida 1 kilogrammdan ortiq marixuana olindi

Jamiyat 11:47 / 15.04.2019 4679

2019 yil 8 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Baland masjid mahallasi Bo‘ston ko‘chasida yashovchi T.M.ning yashash uyida 1 kg. 369 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.M. qo‘lga olindi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: