Assanjning otasi o‘g‘lining Avstraliyaga ekstraditsiya qilinishini iltimos qildi

Jahon 01:23 / 15.04.2019 7498

Londonda hibsga olingan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning otasi Jon Shipton Avstraliya hukumatiga o‘g‘lining o‘z vataniga ekstraditsiya qilinishiga erishish chaqirig‘i bilan murojaat qildi. U bu haqda Avstraliyaning Herald Sun nashriga ma'lum qilgan. Shiptonning fikricha, bu barcha uchun maqbul variant bo‘lardi. Otaning ta'kidlashicha, u o‘g‘lining Ekvador elchixonasida 7 yil yashaganidan keyingi holatidan karaxt holga tushgan. “Men uni politsiyachilar zinalardan tortqilab olib tushayotganlarini ko‘rdim va uning ko‘rinishi yaxshi emas edi. Men 74 yoshdaman va garchi u 47 yoshda bo‘lsa ham undan yaxshiroq ko‘rinishdaman”, deb aytgan ota. 

Avvalroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Kanberra Assanj atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq holda alohida choralar ko‘rish istagidamasligini aytgan.

Avstraliyalik Julian Assanj u asos solgan WikiLeaks sayti 2010 yilda AQSh davlat departamenti hamda AQShning Iroq va Afg‘onistondagi harbiy harakatlariga taalluqli maxfiy hujjatlarni e'lon qilgandan keyin keng tanilgan. 

Shu sababli Assanj AQShga ekstraditsiya qilinishi mumkin. Unga AQShda 5 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: