"To‘qqiz yildan beri yolg‘iz kurashib kelaman. Kuchim qolmadi..." Ona va farzandlarining dardli nolasi

Jamiyat 20:04 / 14.04.2019 15667

Alloh tomonidan ota-onaga berilgan eng aziz ne'mat bu farzanddir. Ota-ona uchun farzandining sog‘ligi uning borlig‘i. Bor mehrini ana shu farzandiga beradi. Agar uning joni og‘riydigan bo‘lsa, ota-onaga bu dunyoda undan-da ortiq musibat bo‘lmaydi. 

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik. Ularning holidan xabar olish va sharoitini o‘rganish maqsadida kasalxonaga tashrif buyurdik. Bemor bolajonlar va ularning ota-onalari bilan birma-bir suhbatlashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Birinchi bemorimiz 10 yoshli Nozima Ne'matova. Surxondaryo viloyati Termiz shahridan. Nozimaga oqqon tashxisi qo‘yilgan. U hozirda 2-kurs davo muolajalarini kunduzgi bo‘limda davom ettirmoqda. Otasi uch yil avval jigar sirrozidan vafot etgani jajjigina qizaloq Nozimaga qattiq ta'sir qiladi. Onasi Nodira Nazarova ikki farzandi uchun yelib-yugurmoqda. Lekin dori-darmonlar qimmatligi sababli yolg‘iz o‘zi yetkaza olmayapti. Nozima hozir yaxshilar yordamiga muhtoj.

Telefon: +99890 746-39-27

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 0138 1189

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Keyingi bemorimiz 6 yoshli Asadbek Abduqodirov. Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan. Hozirda 4-kurs davo muolajalarini qabul qilmoqda. Onasi Istatoy Sadiyevaning so‘zlariga ko‘ra, oilaviy sharoiti og‘ir, turmush o‘rtog‘i oddiy ishchi. Oila dori-darmonlar sotib olishga ancha qiynalib qolgan. Davolanishni davom ettirish uchun Asadbekka yaxshilar ko‘magi zarur.

Telefon: +99891 412-15-81

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0423 8632 6382

MFO: 00092

INN: 201 033 166

Naqd pul topshirganda: 2311 60001 000000 92001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 800000 00000 92001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 000060 00000 92001

Navbatdagi bemorimiz 3 yoshli Mohinabonu Mamaroziqova. Farg‘ona viloyati So‘x tumanidan kelib davolanmoqda. Mohinabonu ayni vaqtda 1-kurs davo muolajalarini qabul qilyapti. Moddiy qiyinchiliklar tufayli Mohinabonuning dadasi Rossiyaga ishlashga ketgan. Hozirda bobosi dorilarga yugurib yuribdi. Onasi Olmaxon Boboyevaning ta'kidlashicha, qarzlari judayam ko‘payib ketgan, dori-darmonlarga mablag‘ topa olishmayapti. Hozirda ular yaxshilar ko‘magiga muhtoj.

Telefon: +99891106 67 41

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0417 7794 8523

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 000060 00000 92001

Yana bir bemorimiz 1980 yilda tug‘ilgan Go‘zal Abduvaliyeva Yunusobod tumanida istiqomat qiladi. To‘qqiz yildan buyon oqqon kasalligi bilan kurashib kelmoqda. Yolg‘iz ona. Ikki nafar farzandi bor. Hozirda judayam qiynalmoqda. Dori-darmonlarga mablag‘i yo‘q. Yordam beradigan yaqin insonlari ham. Go‘zal ikki farzandi yolg‘iz qolishidan judayam qo‘rqadi. Hozirda u ham moddiy yordamga juda muhtoj.

Go‘zal Abduvaliyevaning zaruriy ma'lumotlari:

Telefon: +99890 188 44 55

Click\PayMe: 8600 3829 3725 6906 Turkiston bank

MFO: 00898

INN: 207 179 114

So‘nggi bemorimiz Elmurod To‘xtasinov. Namangan viloyati Pop tumanidan. Elmurod aka hozirda 44 yoshda. Bir oilaning boshlig‘i, bolalarning mehribon otasi. Davolanish uchun bor-budini sotib bo‘lgan. Farzandlari ham yosh, hali otaning qanotiga kirmagan. Elmurod aka bolalaridan xavotirda. “Menga nimadir bo‘lsa, mendan keyin farzandlarimga kim qaraydi, kim uylantiradi?”, deb tun-u kun o‘yda. Hozirda Elmurod aka yaxshilar ko‘magiga muhtoj.

Telefon: +99899 396 86 70 

AGROBANK Click /PayMe: 8600 0423 6070 4919

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Aziz va saxovatpesha yurtdoshlar! Bu insonlarning ham bir olam orzulari, yaxshi niyatlari bor. Allohning sinoviga sabr qilib, yaxshi kunlarga ishonch bilan yashamoqda. Qo‘limizdan kelganicha, imkoniyatimiz yetganicha ularni qo‘llab-quvvatlaylik, moddiy va ma'naviy yordamimizni ayamaylik. Zero, yaxshilik va xayr-saxovat odamiylikning oliy darajalaridan, uning rizqiga ziyoda beradigan xislatlardir.

Rahmatillo Isroilov tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: