Poroshenko debat o‘tkazish uchun stadionga keldi, Zelenskiy esa kelmadi

Jahon 16:37 / 14.04.2019 16922

Ukraina prezidentligiga nomzod, amaldagi davlat rahbari Petro Poroshenko Vladimir Zelenskiy bilan debat qilish uchun "Olimpiyskiy" majmuasiga keldi.

Ayni paytda "Pryamoy" telekanali Poroshenkoning stadiondagi chiqishini bevosita efir orqali namoyish etmoqda.

Stadionda debat o‘tkazish saylovlarning birinchi turida g‘olib bo‘lib ikkinchi turga o‘tgan nomzod Vladimir Zelenskiy tomonidan taklif etilgandi. Ammo Zelenskiy debatga kelmadi. 

Ukraina prezidentligi saylovlarining birinchi turida Vladimir Zelenskiy 30 foizdan ortiqroq ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Amaldagi prezident Petro Poroshenko 16 foiz atrofidagi ovoz bilan egalladi. Ikki nomzod endi 21 aprel kuni o‘tkaziladigan ikkinchi turda o‘zaro kurash olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: