Nigeriyada avtosisterna portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Jahon 19:07 / 14.04.2019 3374

Nigeriya shimoli-sharqidagi Gomba shtatida elektr uzatish liniyasiga urilgan neft tashuvchi avtosisterna portlab ketdi.

Yo‘l-transport hodisasi Bomala ko‘prigida yuk mashinasining avtosisterna bilan to‘qnashishidan boshlangan. Voqea joyida kuchli yong‘in boshlangan.

Avtohalokat oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohat olgan.

Mahalliy ma'muriyat barcha halok bo‘lganlar yaqinlariga va jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lashga va'da bergan.

Ko‘proq yangiliklar: