Nepalda samolyot va vertolyot to‘qnashib ketdi

Jahon 19:55 / 14.04.2019 13375

Nepaldagi Lukla aeroportida Summit Air kompaniyasi samolyoti vertolyot bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi. 

To‘qnashuv 14 aprel ertalab yuz bergan. Shuningdek, bir necha kishi jarohat olgan. 

Mahalliy aholining ta'kidlashicha, bort raqami 9N-AMH bo‘lgan samolyot Manang Air kompaniyasining aeroport turargohida turgan vertolyotiga kelib urilgan. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: