Misrda prezidentlik muddati uzaytiriladigan bo‘ldi

Jahon 23:57 / 14.04.2019 3940

Misr parlamentining qonunchilik qo‘mitasi ko‘pchilik ovoz bilan konstitutsiyaning 140-moddasiga prezidentlik muddati oshirilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlarni tasdiqladi.

Bu tashabbus bilan 156 nafar misrlik deputat chiqqan. Fevral o‘rtalarida Misr parlamenti konstitutsiyaga o‘zgartirishlarni ma'qullagan va ularni qonunchilik komissiyasiga batafsil ishlab chiqish uchun topshirgan. O‘zgartirishlar prezidentlik muddatining 4 yildan 6 yilgacha uzaytirilishidan tashqari, parlamentning yuqori palatasi - senat tashkil etishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, mamlakat rahbari o‘ziga vitse-prezidentlarni tayinlash huquqini oladi.

Ko‘proq yangiliklar: